Таниқли болалар шоири Пўлат Мўмиининг мазкур тўпламига замонавий эртаклари билан бир қаторда халқ донишмандлигини акс эттирган афсонавий эртаклари, таржималари ва «Туяқуш – боёқиш» номли эртак-пьесаси киритилди.
Ушбу рисолада ёзувчи, физика–математика фанлари номзоди ва ихтирочи Озод Мўъмин ўзининг хали жуда кўп сирлари очилмаган мураккаб оламимиздаги ҳақиқатлар ва қонуниятлар тўғрисидаги хулосаларини баён қилган. Бу фикрлар ўзига хослиги ва мантиқий асосланганлиги туфайли муҳим аҳамият касб этади ва катта диққатга сазовордир.
"Tarbiyachi kutubxonasi" rukni ostida chop etilayotgan «3-4 yoshli bolalarga ta'lim-tarbiya berish» deb nomlangan ushbu metodik qo'llanma «Tarbiyachiga ming bir maslahat (1-3 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish)» metodik qo'llanmasining uzviy davomi bo'lib, pedagogika oliy o'quv yurtlarining «Maktabgacha va oilaviy ta'lim» fakulteti hamda kollej talabalari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, metodistlari, tarbiyachilari, oilada bola tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi murabbiylar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada 3-4 yoshli bolalar ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifalari, ularni jismonan rivojlantirish faoliyatining yo'nalishlari, bolalar faoliyati va tarbiyasini tashkil etish yo'l-yo'riqlari, nutq o'stirish va tevarak-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlari ishlanmalari 3–4 yoshli bolalar nutqini o'stirish va tevarak-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida fodalaniladigan badiiy asarlardan namunalar, mashg'ulotdan tashqari paytda bolalarga o'qib berish uchun badiiy asarlardan namunalar, shuningdek, o'yinchoq va ko'rgazmali qurollar ro'yxati berilgan.
Қизларимиз ва келинларимизга баҳо беришда айнан пазандалик асосий мезон ҳисобланади. Буни уларнинг ўзлари ҳам яхши билишади ва ҳозирда оила қуришга тайёрланаётган қизларнинг кўплари, биринчи навбатда, яхши пазанда бўлиш тадоригини кўрадилар. Уларнинг қулоғига бир сирни айтиб қўймоқчимиз: қизларнинг қўли-ю тилининг «ширин»лиги умрлари давомида бошқа кўп камчиликларни ювиб кетишга қодир фазилатлардан.
Mazkur kitobda Montessori metodikasi boʻyicha tuzilgan 150 xildagi turli-tuman mashgʻulotlarni koʻrishingiz mumkin. Ularning barchasi uy sharoitida mashq qilish uchun moʻljallangan va hayotining birinchi kunlaridan boshlab bolaning har tomonlama uygʻun rivojlanishiga qaratilgan. Mashqlar yosh va mavzu boʻyicha aniq ajratilgan boʻlib, ularni bajarish uchun faqat kundalik uy jihozlari va tabiiy materiallar kerak boʻladi. Bolani kichikligidan boshlab rivojlanishi haqida gʻamxoʻrlik qiluvchi ota-onalar uchun, mashgʻulotlari Mariya Montessori tamoyillariga muvofiq batafsil bayon etilgan ushbu kitob juda qadrli boʻlib qoladi.Montessori metodikasi boʻyicha 150 ta oddiy mashqlar yordamida bolangiz: kundalik hayotda zarur boʻlgan koʻnikmalarni oʻzlashtiradisezgi organlari faoliyatini yaxshilaydi: teri his qilish sezgisi, hidlash, eshitish, koʻrish va ta'm sezgisimatematika asoslarini oʻrganadialifboni osongina yodlaydi va oʻqishni oʻrganadiatrofdagi olam: tabiat, odamlar va madaniyat bilan tanishadi
Ushbu ilmiy-ommabop kitobda «Chinobod» sanatoriyasi va sharq tabobatining tarixi, sanatoriya tashkilotchilarining faoliyati, shifokorlarning mashhur ustozlari, tabobatning dolzarb masalalari, davolash va profilaktika ishlari, mineral suv va boshqa tabiiy davolash muolajalari, xususan, psixoprofilaktika, davolash fizkulturasi, massaj, terrenkur, to'g'ri ovqatlanish, parhez bilan davolash, sanatoriyada obodonlashtirish, ma'naviyat va madaniyat ishlari haqida ma'lumotlar berilgan.
Бировнинг ҳақига хиёнат қилиш – диёнатсизлик. Диёнатли бўлиш учун илм-маърифат изламоқ керак. Илм-маърифат замирида барча эзгуликлар билан бир қаторда меҳр-оқибат бўй кўрсатиб туради. Меҳр-оқибатни улуғлаган инсоннинг бағри кенг. Бағрикенг бўлсангиз, ҳаётингиз сокин ва мазмунли кечади, чунки сиз барча имкониятларингзни ишга солиб, тадбиркорлик қилишингиз мумкин. Айни вақтда тадбиркор бўлиш учун хушмуомалалик эгалланади. Муомала маданиятини пухта эгаллаш виждоннинг уйғоқ, ор-номуснинг ҳар нарсадан устун қўйилишига пойдевор яратади. Виждонли, ор-номусли бўлиш Ватанга муҳаббат туйғусининг дебочасидир, аслида. …Зикр этилган инсоний хислатлар ўзбек халқи турмуш тарзи ҳамда маънавий оламининг ажралмас бўлагига айланган. Уни ипга тизилган маржондек қилиб, «Маърифат» газетаси муштарийлари… мақолалари 2012 йилда «Олтин қалам» кўрик-танловида вақтли матбуот йўналиши бўйича учинчи ўринг сазовор бўлган.