banner banner banner

Учебные программы

0
Аннотация на книгу:

Вниманию читателя предложен материал Фонда оценочных средств учебной дисциплины «Финансовый менеджмент». Уровень высшего образования «СПЕЦИАЛИТЕТ», направление 38.05.01. «Экономическая безопасность». Присваиваемая квалификация (степень) – «ЭКОНОМИСТ». Форма обучения: заочная. Работа будет интересна профессорско-преподавательскому составу высших учебных заведений, студентам, специалистам.

Добавлено: 10.11.2023 07:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

"Xo'jalik hisobi, uning turlari, buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, axborotdan foydalanuvchilarning har xil toifalari, buxgalteriya hisobining predmeti va metodi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, analitik va sintetik hisobning xususiyatlari tushunarli va batafsil bayon qilingan. Qishloq xo'jalik korxonalarida ta'minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o'rin egallagan., hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati etarli darajada bayon etilgan. Statistikaning mazmuni, ahamiyati, predmeti va metodi hamda qishloq xo'jalik statistikasining xususiyatlari yoritilgan. Xususan, dehqonchilik va chorvachilik statistikasi, qo'llaniladigan statistik metodlar hamda ularning amaliy ahamiyati aniq misollar bilan keltirilgan. O'quv qo'llanma qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlarining noiqtisod bakalavriat yo'nalishlari talabalari mo'ljallangan. Shuningdek, qishloq xo'jalik kollejlarining o'qituvchilari, amaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va fermerlar ham foydalanishlari mumkin."

Добавлено: 09.11.2023 23:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Автор: С.Ф. Амиров
Жанр: учебные программы
Аннотация на книгу:

Darslikda elektrlashgan temir yo'llar elektr ta'minoti tizimlari va ular tortish tarmog'ini ta'minlash sxemalarining xususiyatlari, tortish elektr ta'minoti tizimi elementlarining elektr parametrlari, tortish elektr ta'minoti tizimlarini berilgan harakat grafigi va harakat o'lchamlari bo'yicha hisoblash usullari, elektr energiyasi sifati va uni elektrovoz ishiga ta'siri, elektr energiyasi sifatini oshirish usullari, tortish elektr ta'minoti tizimi parametrlarini tanlash, elektrlashgan temir yo'llarning yondosh liniyalarga elektromagnit ta'siri va undan himoyalash, tortish tarmog'idagi qisqa tutashish toklaridan himoyalash hamda yuqori tezlikli temir yo'l magistrallari elektr ta'minoti tizimlarining xususiyatlariga oid asosiy nazariy ma'lumotlar keltirilgan. Har bir bob tegishli masalalar, nazorat va test savollari bilan to'ldirilgan.Darslik 5310200 – elektr energetikasi (temir yo'l transporti) ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan 5A310201 – elektr ta'minoti (temir yo'l transporti) mutaxassisligi magistrantlari, elektrlashgan temir yo'llar elektr ta'minoti qurilmalarini loyihalash, montaj qilish va ularga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan injener-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari ham o'quv qo'llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

"Monografiyada qishloq mehnat bozorlarining iqtisodiy mohiyati, uning bozor munosabatlaridagi o'rni va rolini oshirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ortiqcha ishchi kuchini hosil bo'lish xususiyatlarini aniqlash, qishloq joylaridagi mehnat bozorlarida sog'lom raqobat muhiti yaratish, qishloq joylaridagi demografik vaziyatning mehnat bozoriga ta'siriga aniqlik kiritish, qishloq joylarida istiqbolli yangi ish o'rinlari yaratish, mavjudlarini saqlash uslubiyotini joriy qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar asoslab berilgan. Kitobda keltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan mamlakatimiz qishloq mehnat bozorlarining barqarorligini ta'minlash va modernizatsiya qilishning asosiy yo'nalishlaridan keng foydalanish, xususan Qashqadaryo viloyati qishloqlari mehnat bozorini rivojlantirish va yangi ish o'rinlarini yaratish jarayonlarida foydalanish mumkin. Monografiya iqtisodiyot, menejment, marketing, mehnat iqtisodiyoti kabi ta'lim yo'nalishlarida ta'lim olayotgan Oliy o'quv yurti talabalari, professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilari hamda qishloq xo'jaligi korxonalari rahbarlari va keng kitobxonlarga mo'ljallangan."

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ushbu o'quv qo'llanmada birlamchi manbalardan Markaziy Osiyoning II-XV asrlardagi tarixiy geografiyasi, toponimiyasi, etnik-hududiy holati va shaharlari tarixiy geografiyasi bo'yicha ma'lumotlar ilmiy izohli tarjima va tadqiqotlar shaklida keltirilgan. Kitob manbashunoslik, Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi, etnik tarixi, tarixiy toponimiyasi darslari uchun bevosita ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

В руководстве представлен обзор информации о научно-исследовательских международных фондах и программах, в которых могут участвовать ученые и специалисты Узбекистана. Часть данной информации была взята с сайтов соответствующих организаций и переведена на русский язык.

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ushbu qo‘llanmada yoshlar ma'naviyatini shakllantirish, ularni axloqiy va jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalash masalalariga asosiy e'tibor qaratilgan. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining«ITD-1. Jamiyatni ma'naviy axloqiy va madaniy rivojlantirish, ma'naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta'limni uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish» ilmiy dasturi doirasidagi«Uzluksiz ta'lim tizimida yoshlar ma'naviy madaniyatini shakllantirish jarayonini modernizasiya qilish texnologiyasi» mavzusida bajarilayotgan amaliy tadqiqotlar ilmiy loyihasi asosida yozilgan bo‘lib, qo‘llanmada ilgari surilgan g‘oyalardan uzluksiz ta'lim tizimiprofessor-o‘qituvchilari, tarbiyachi va murabbiylari, ilmiy tadqiqotchilar, fuqarolik jamiyati institutlari mutasaddi xodimlari, ota-onalar, shuningdek, keng jamoatchilik foydalanishlari mumkin.

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamkorligi va xalqaro mehnat taqsimotida bevosita ishtiroki, uning tabiiy jo'g'rofiy imkoniyatlari va savdo-sotiq an'analari bilan bog'likdir. O'zbekiston bir necha asrlardan beri Mashriq va Mag'rib o'rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan. Ammo G'arb mamlakatlari bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy aloqalar rivoji keng bo'lishiga qaramay Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti va imkoniyatlari juda kam o'rganilgan. Halqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan O'zbekistonning ASEAN mamlakatlari bilan bo'layotgan iqtisodiy aloqalariga deyarli o'rin berilmagan. Ana shuning uchun ham ushbu o'quv qo'llanma ASEAN mamlakatlari iqtisodiyoti va savdo-sotiq munosabatlarini o'rganayotgan ilmiy xodimlar va ko'p sonli talabalar uchun mo'ljallangan.

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: учебные программы
Аннотация на книгу:

Ushbu qo'llanma Interfaol ta'lim usullaridan bir qanchasini tavsiflahsga bag'ishlanib, o'qituvchilarning ish faoliyatida asqotishi mumkin. Undan tashqari, bu kitob o'quvchi talabalar uchun bilim jarayonini faollashtirish uchun o'ziga hos qo'llanma ham bo'lishi mumkin.

Добавлено: 09.11.2023 05:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.