banner banner banner
ODOBLI BOLA
ODOBLI BOLA
Оценить:
 Рейтинг: 0

ODOBLI BOLA

– Oyi, aslo emasman tixir,
Uzatishga majburman qo‘lim.
Vazadagi mevaga axir,
Nima qilay, yetmasa tilim?

BAYRAM QO‘SHIG‘I

Yoshlik – bu misli bahor,
Atrofda gul, ranggo-rang.
Quvonchdan dillar yayrar,
Jo‘r bo‘lib qo‘shiq, ohang.

Bu davradan zavq olib,
Qalblar toshar sururdan.
Do‘stlik doimo g‘olib,
Ko‘ksimiz to‘lar g‘ururdan.

MASALGA NAZIRA

Baroqvoy bolasiga
Qilarkan pand-nasihat.
It degan balosidan
Uzoq yurgin, der faqat.

Uning bizlardan boshqa
Qiladigan ishi yo‘q.
Doim balodir boshga,
Hayt, deydigan kishi yo‘q.

Rostini aytsam, bolam,
It emas, xira pashsha.
Itlar qavmi shu mudom,
Ishi «quv-qoch» hamisha.

To‘g‘risi, aynir ko‘nglim,
Gar eshitsam otini.
Uzun bo‘lsaydi qo‘lim,
Quritardim zotini.

TULKINING SO‘ZI

Nomimdir ayyor tulki,
Mug‘ombirligim shulki,
Asrash uchun jonimni,
To‘q tutmayman qornimni.
Bilaman, hayvon borki,
Bir-biridan ko‘p farqi.
Biri ojiz, biri zo‘r,
Biri to‘q, biri bazo‘r
Kun ko‘rar, bunga sabab –
Yurmas holiga qarab.
Ko‘rsa shudgorda quyruq,
Nafs berar unga buyruq.
Deyman, bo‘l o‘zdan hazir,
Ammo gap qilmas ta’sir.

O‘rmon, to‘qay sultoni
Sherning uzundir qo‘li,
Aytsam gapning dangalin,


Вы ознакомились с фрагментом книги.
Для бесплатного чтения открыта только часть текста.
Приобретайте полный текст книги у нашего партнера:
Полная версия книги
(всего 580 форматов)