banner banner banner
Jilg‘a navolari
Jilg‘a navolari
Оценить:
 Рейтинг: 0

Jilg‘a navolari

Ko‘zginamga kelmaydi uyqu.
Ne qilayin, vaslinga zorman,
Qiynab qo‘ydi meni bu tuyg‘u.

Qani endi sevmasa yurak,
Sog‘inmasa seni xasta dil.
Dilimda bor faqat bir tilak:
Visolingni istaydi ko‘ngil.

Bir soniya baxshida et, yor,
Yonginangda yor bo‘lib turay.
Men kutaman seni umidvor,
Bir soniya shu baxtni ko‘ray.

SEVARMIKANSAN

Ne qilay, sevdim-u sevilolmadim,
Seni sevmoqlikdan sira tolmadim,
Ko‘zdagi yoshlarim tiya olmadim,
Bir kuni meni ham sevarmikansan.

Seni so‘rayverib yurak bechora,
Kelishing kutadi mayli bir bora.
Men-ku seni sevdim, qaniydi zora
Bir kuni meni ham sevarmikansan.

Mayli taqdir ekan yo‘lingni kutish,
Tun-u kun azoblar, alamlar yutish.
Nahotki armonmi qo‘lingdan tutish,
Bir kuni meni ham sevarmikansan.

SEVMA

Muhabbatdan so‘z ochma, go‘zal,
U azobdir, u faqat alam.
Unga atab bitmayman g‘azal,
Uni deya ko‘zlarimda nam.

Mayli sevsin boshqa birovlar,
Ular azob chekishi tayin.
Lek shundayin keladi onlar,
Men sevmayman bilgin atayin.

Qo‘y, yig‘lama muhabbat uchun,
Aziz umring ketmasin zavol.
Sevgan ko‘ngil doimo mahzun,
Oshiq yurak hamisha behold.

SHOIR O‘KINCHI

Savollardan charchadim, hayot,
Tanam jonsiz, yuragim xasta.
Izladim-u topmadim najot,
Bevafodan ko‘nglim shikasta.

Sevgi deya og‘rinar yurak,
Umrim tugar misoli xazon.
Bu dunyodan topganim beshak
Faqatgina boldi-ku armon.

Mehr izlab o‘tmoqda ko‘nglim,
Aslida-chi barchasi sarob.
O‘rtanadi bu yurak-bag‘rim,
Qo‘llarimda bir qadah sharob.

Sendan shuni so‘rabmidim, ayt,
Nega tunlar tortaman azob?
Yashashimning ma’nosi, bir bayt
Bitolmasam, ahvolim xarob…

SOG‘INCH

Tunlarni uyqusiz o‘tkazib bedor,
Ko‘zinga to‘xtamay yoshlar to‘larkan.
Kelishin kutasan yo‘llariga zor,
Sog‘inchning azobi yomon bo‘larkan.

Ketarkan yuzingdan shirin tabassum,
Yuraging misoli xazon so‘larkan.
Ko‘rishni istaysan mayliga bir zum,
Sog‘inchning azobi yomon bo‘larkan.

Unutay deysan-u unutolmaysan,
Kunlaring azobda shunday o‘tarkan.
Sog‘inib yoniga bora olmaysan,
Sog‘inchning azobi yomon bo‘larkan.

Baxtigul MAHMUDOVA

Erali qizi

1999-yil 5-fevralda Piskent tumanidagi Qirqizobod qishlog‘ida dunyoga kelgan. Olamliq shahar Sanoat kollejini tamomlagan. Uning ilk she’rlari “Olmaliq haqiqati” gazetasida chop etilgan. Yosh ijodkor 2014-yildan “Jilg‘a” yoshlar etnogrofik ijodiy uyushmasi a’zosi.

O‘ZBEKISTON

Yurtim, har maskaning jannatday go‘zal,
Ko‘rsa gar quvonchdan yayraydi ko‘zlar,
Ta’rifga topolmay axtardim so‘zlar,
Taqdirim, baxtimsan, hur O‘zbekiton.