banner banner banner
Jilg‘a navolari
Jilg‘a navolari
Оценить:
 Рейтинг: 0

Jilg‘a navolari

1992-yil 11-iyunda Bo‘ka tumanida tavallud topgan. Olmaliq shahar Sanoat kollejining Tog‘-kon qidiruv ishlari yo‘nalishida tahsil olgan. 2011 yildan OTMK MBF sexida nasos qurilmalari mashinisti bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. Adabiyot va she’riyatga ixlosi baland yosh ijodkor 2014 yildan “Jilg‘a” yoshlar etnogrofik ijodiy uyushmasi a’zosi.

BAXTLI BO‘LSANG BAS

Mayli meni sevma, sevaman dema,
Kutsam ham yo‘lingni, mayliga kelma,
Men uchun o‘ylanib, g‘amimni yema,
Iltimos, men uchun baxtli bolsang bas.

Mayli unut meni, eslama hech ham,
Men uchun bo‘lmasin ko‘zing also nam,
Sendan yiroq bo‘lsin qayg‘u va alam,
Iltimos, men uchun baxtli bo‘lsang bas.

Mayliga ko‘zingni bir bor ko‘rmasam,
Hech zamon holingni ne deb so‘rmasam,
Seningsiz ahvolim xarob bo‘lsa ham,
Iltimos, men uchun baxtli bo‘lsang bas.

ONAM

Dardimni aytishga so‘z topolmayin,
Yuragim yoqishga kez topolmayin,
Sirlarim aytishga do‘st topolmayin,
Yolg‘onchi dunyoda yolg‘izman, onam.

Dushmanim do‘stman deb gapirsa yolg‘on,
Va ayblar qidirsa ishimdan har on.
Xato qilmog‘im kutib yashasa hamon,
Ne qilay dunyoda sensizman, onam.

Ko‘zimga saroblar bor ko‘ringanda,
Dunyolar beshafqat, tor ko‘ringanda,
Samolar torayib dor ko‘ringanda,
Men sensiz juda ham ojizman, onam.

ONAMGA

Azoblab qo‘ydi-ku seni o‘z bolang,
Tinmayin qiynaydi qalbdagi jolang,
Tangriga yetarmi alamli nolang,
Kechirgin, onajon, badbaxt bolangni.

Yolg‘onchi dunyoda alamdan to‘ydim,
Gohida gunohim sho‘xlikka yo‘ydim,
Onajon, qaddingni men bukib qo‘ydim,
Kechirgin, onajon, badbaxt bolangni.

Yiqilsam suyading, qo‘limdan tutding,
Kechiksam tunlari uxlamay kutding,
Men deya azob-u alamlar yutding,
Kechirgin, onajon, badbaxt bolangni.

Ortiq qiynamagum, bo‘ldi yetar bas,
Onajon, seningsiz bu dunyo qafas,
Qulingman chiqquncha oxirgi nafas,
Kechirsang bo‘lgani badbaxt bolangni.

OTAMGA

Ajinlar tushibdi, qara, yuzingga,
Kemirib bormoqda yuragingni g‘am.
Ayt, qanday qarayman endi ko‘zingga,
Yig‘lashni bilmagan bechora otam.

Qara, sochlaringga oralabdi oq,
Yengibdi seni ham qayg‘u va alam.
Quvonchli kunlarga bo‘libsan mushtoq,
Yig‘lashni bilmagan bechora otam.

Belingda mador yo‘q, qo‘llaring titroq,
Qaniydi ko‘zingning nuri bo‘lolsam.
Yig‘lamay yurganing yaxshi-ku, biroq
Kulishni unutib qo‘yibsan, otam.

O‘ZBEKISTONIM

Nasim shamolingning boynidan quchib,
Bog‘larda gullarning iforin ichib,
Musaffo samoda qushlarday uchib,
Bag‘ringda yayradim, O‘zbekistonim.

Qo‘limga dutorim, sozimni olib,
Dala-yu dashtlarda xayolga tolib,
Topmadim qiyosing bir nazar solib,
Tengi yo‘q chamanim, O‘zbekistonim.

To‘rt fasl mujassam hur diyorimda,
Tabiat in’omi ixtiyorimda,
Vatanga muhabbat qaynar qonimda,
Betakror vatanim, O‘zbekistonim.

Xazon yaproqlaring ko‘zimga surib,
O‘zga yurt guliga alishmam uni.
Butun Yer sharini kuzata turib,
Men shuni angladim, O‘zbekistonim.

SENSIZ

Sensizlikda yana bedorman,