banner banner banner
Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma
Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma
Оценить:
 Рейтинг: 0

Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma


Arduino va kompyuter uchun eng ko`p ishlatiladigan malumot almashish tezlik 9600 hisoblanadi. Qolaversa ko`plab qurilmalar ham 9600 tezilik bilan ma`lumot almashadi.

Monitor portga malumot chiqarilganda Serial.begin () da berilgan tezlik bilan monitor portning tezligi bir xil bo`lish kerak aks xolda malumotlar to`liq yetib kelmasligi yoki umuman kelmasligi mumkin.

5.5.rasm.Serial.begin () da 1sekund ichida 9600 bit ma`lumot almashish

5.6.rasm.Serial.begin () da 1sekund 300, 1200, 2400, 4800, 9600, 19200, 115200 va hokazo bit ma`lumot almashish

Ma`lumotlarni monitor potrga chiqarish uchun esa Serial.print () buyrug`i ishlatialadi.

Serial.print (); -bu ma`lumotlarni monitor portga chiqarish buyrug`i bo`lib, ma`lumotlarni gorizontal ravishda chiqaradi (5.7-rasm).

Monitor portga ma`lumotlarni vertikal holatda chiqarish uchun Serial.println (); buyrug`idan foydalanish kerak (5.8-rasm). So`zlarni serial portga chiqarish sonlarni ekranga chiqarishdan boshqacha bo`lib, chiqarilmoqchi bo`lgan so`z ikkita qo`shtirnoq ichida yoziladi. Misol uchun Assalomu alaykum so`zini chiqarish uchun Serial.println («Assalomu alaykum»); ko`rinishida yoziladi.

5.8.rasm.Monitor portga ma`lumotlarni vertikal ravishda chiqarish buyrug`iga misoli

5.9.rasm. Monitor portga so`zlarni ekranga chiqarish

6-bob.ARDUINO VA SVETODIODLAR

6.1.Svetodiodni Arduinoga ulash sxemasi va dasturi

Ushbu bo`limda svetodiodni rezistor orqali Arduino UNO-ga qanday ulashni ko`rib chiqamiz. Svetodiodni miltillashi – bu mikrokontroller bilan ishlashni boshlash uchun eng oddiy dastur. Quyida svetodiod va rezistorli sxemani yig`ish, Arduino UNO-da svetodiodni miltillashi uchun dastur, uni Arduino UNO platasiga yuklash qoidalari va izohlar bo`yicha batafsil ko`rsatma keltirilgan.

Svetodiodlar – ko`rsatkich va yoritish uchun xizmat qiluvchi yarim o`tkazgichli indikatorlardir. Ular anod (+) va katod (-) ga ega va doimiy tok oqimning yo`nalishini sezadi (6.1-rasm). Agar svetodiodni noto`g`ri ulasangiz, u holda to`g`ridan to`g`ri tok o`tmaydi va u yonmaydi. Svetodiod noto`g`ri ulangan bo`lsa, ishlamay qolishi mumkin. Anod (svetodiodning uzun oyog`i) manbaning plyusga ulangan. Katod (svetodiodning kalta oyog`i) manbaning minusga ulanadi.

6.1- rasm. Svetodiod: a-anod, k-katod

Boshlashda svetodiodni Arduino mikrokontrollerining raqamli chiqishiga ulash orqali amaliyot taxtasida oddiy sxemani yig`amiz (Arduino platasi yonidagu uyachalar kirish va chiqishlar Pin deb ham ataladi). Dastur (Arduino uchun dastur deb ataladigan) yuklab olish orqali Arduino UNO platasidan qanday foydalanish va u bilan ishlashni o’rganamiz.

Qurilmalarni ishonchli yig`ish uchun bosilgan (pechat) elektron platalar yaratish ko`p vaqt talab etadi. Elektr zanjirlarini tez yig`ish uchun amaliyot taxtasi (6.2-rasm) ishlatiladi. Amaliyot taxtasidagi plastmassa qatlami ostida oddiy printsipga muvofiq yotqizilgan mis plitalar – relslar (yo`llar) mavjud.

6.2.Amaliyot taxtasida sxemalarni tez yig`ish


Вы ознакомились с фрагментом книги.
Для бесплатного чтения открыта только часть текста.
Приобретайте полный текст книги у нашего партнера:
Полная версия книги
(всего 20 форматов)