banner banner banner
Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma
Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma
Оценить:
 Рейтинг: 0

Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma


4.3. Sintaksis

4.3.1.; (nuqta vergul); (semicolon)

;(nuqta vergul) operatorning tugaganini bildiradi.

int a = 13;

4.3.2. {} (figurali qavs) {} (curly braces)

Figurali qavs {} – - C dasturinig asosiu elemenlaridan biri

Qavsni ochilgandan song (albatta qavs berkilishi zarur)

Figurali qavsni qollanilishining asosiy usullari:

Funksiya:

• void funksiya nomi (argumentning turlari)

{operatorlar};

sikllar: • while (mantiqiy ifoda) {operatorlar};

• do {operatorlar} while (mantiqiy ifoda);

• for (inisializasiya; siklning shartli tugallanishi);

{operatorlar};

_ shartl operatorlar :

• if (mantiqiy ifoda) {operatorlar}.

4.4.Funksiyalar

4.4.1.Raqamli kirish/chiqish. Arduinoda pinMode funktsiyasi

Arduino IDE-ning pinMode () funktsiyasi berilgan pinning rejimini kirish yoki chiqish sifatida o`rnatadi.

4.1-rasm. Raqamli pin

Arduino raqamli pin ikki holatda bo`lishi mumkin. Kirish rejimida pin 0 dan 5 voltgacha bo`lgan kuchlanishni o`qiydi va chiqish rejimida pinda bir xil kuchlanishni chiqaradi.

digitalWrite () buyrug`i yordamida raqamli chiqish signal hosil qilish

Mikrokontrollerning pin rejimi pinMode (pin, mode) funksiyasi yordamida tanlanadi, bu erda pin- pin raqami va mode rejim yoki usul degan ma`noni anglatadi.

Arduinoda pinMode OUTPUT (chiqish sifatida tuzilgan pinlar)

OUTPUT (porti chiqish sifatida ishlaydi) – pin maksimal 40 mA tok bilan boshqariladigan quvvat manbaiga aylanadi. digitalWrite () buyrug`iga qarab, pin bir yoki nol qiymatini oladi. Misol:

pinMode (10,OUTPUT);

4.4.2.digitalWrite () va analogWrite () funksiyalari

Raqamli pin digitalWrite () buyrug`i yordamida raqamli chiqish signal hosil qilishi mumkin. Raqamli signal ikkita qiymatga ega bo`ladi; – 0 yoki 1 (0 volt yoki 5 volt).

void setup () {

pinMode (11, OUTPUT);

digitalWrite (11, HIGH); delay (500);

digitalWrite (11, LOW); delay (500);}

40 mA dan ortiq quvvat sarflaydigan qurilmalarni Arduino pinlariga ulash mumkin emas, chunki mikrokontrollerning asosiy maqsadi mantiqiy signallar yordamida boshqa qurilmalarni boshqarishdir. Agar qurilmani belgilangan qiymatdan ko`proq iste`mol qiladigan pinga ulasangiz, u holda pinga zarar etishi mumkin. Bu holda relelardan foudalaniladi.

4.5.VAQT BILAN ISHLASH

4.5.1.Arduino kechikishi: delay ()

Arduinoda delay () funksiyasi muhim rol o`ynaydi va bu buyruq aksariyat dasturni yozish deyarli mumkin emas. Arduino dasturlashda vaqtni kechiktirishning delay () buyrug`ining maqsadi va ishlatilishini quyida ko`rib chiqamiz. Hozir biz faqat delay kechiktirish funksiyasining asosiy xususiyatlarini ko`rib chiqamiz va kichik dasturlar shaklida foydalanish misolini keltiramiz. Ishlash uchun sizga faqat Arduino platasining o`zi kerak bo`ladi.

Arduinoda delay ()

delay buyrug`i belgilangan millisekundlar (1 soniyada 1000 millisekund) uchun dasturning bajarilishini to`xtatadi. delay () funksiyasidan foydalangan holda dasturning kechikishi paytida plataga ulangan sensorlarni o`qib bo`lmaydi yoki boshqa operatsiyalarni bajarish mumkin emas.

Dastur:

// Svetodiodni miltillashi uchun delay () dan foydalanish misoli

void setup () {

pinMode (13, OUTPUT);

}

void loop () {

digitalWrite (13, HIGH);//chiqishga YUQORI signal yuboring

delay (100); // 100 millisekundga kechikish vaqti

digitalWrite (13, LOW);//chiqishga PAST signalni yuboring

delay (100);} //100 millisekundga kechikish vaqti

4.6.MATEMATIK FUNKSIYALAR