banner banner banner

Высокие технологии

0
Аннотация на книгу:

Google LLC, Amerika Qo'shma Shtatlarining internetga oid xizmatlar va mahsulotlar, jumladan, onlayn reklama texnologiyasi, qidiruv xizmatlari, dasturiy taʼminot, bulutli hizmatlar va suníy intellekt sohasidagi ixtisoslashgan koʻp tilli tinnovatsion texnologiya kompaniyasidir. Bu kompaniya Amazon, Apple va Facebook bilan birga Katta Toʻrtlik texnologiya kompaniyalaridan biri sanaladi. Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (Google jahondagi mutlaq ko'pchilik qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga bir necha o'nlab million qidiruv soʻrovlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ayni vaqtda bir necha milliarddan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google qidiruv tizimi 100 dan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va bir necha yuz mingdan ortiq kompyuterlardan iborat. Google ning halq orasida ancha ma'lum va mashhurligiga qaramay, aksariyat ko'pchilik uning ajoyib va g'aroyib smart imkoniyatlarini hamda ulardan real hayotda va ish faoliatida, biznesda foydalanishni bilmaydi. Bu qo'llanma huddi shu bo'shliqni to'ldirish maqsadida yozilgan. Qo'llanmadagi kamchiliklar va u boýicha taklif-mulohazalar haqida ravshanr1x1[@]gmail.com elektron manziliga yosizishingiz yoki [@]RavshanHamdamovich telegram messenjeri orqali ma'lumot yuborishingiz mumkin

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

"Ta'limda axborot texnologiyalari" deb nomlangan ushbu o'quv qo'llanma yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar yo'nalishiga bag'ishlangan bo'lib, unda turli sohalarda dars beruvchi professor-o'qituvchi ma'ruzachilar uchun dars berishning (yoki ommaga ma'lumot berishning) bir qancha interfaol uslubda bo'lgan zamonaviy usullari hamda dasturiy-texnik vositalarining imkoniyatlari yoritiladi. Risolada yoritilgan interfaol muloqot tizimlari dars davomida talabalar bilan bevosita muloqot qilishning zamonaviy dasturiy-texnik vositalari bo'lib, ular vositasida o'qituvchi va talabalar (tinglovchilar) orasida real vaqt rejimida to'g'ridan-to'g'ri axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Bunday dasturiy-texnologik tizimlarda kompyuter, o'qituvchi va talabalar orasida simsiz aloqa mavjud bo'lib, standart (yoki mahsus) taqdimotlar dasturiy ta'minoti orqali ma'lumot almashiniladi. Talabalarning tizim bilan aloqasi mahsus distantsion pultlar (televizornikiga o'xshash), mobil telefonlar, shaxsiy kompyuterlar yoki Internet orqali amalga oshirilishi mumkin bo'ladi. Bunday texnologiyani turli xil nomlar bilan ataladi, masalan, talabalardan ma'lumot qabul qiluvchi tizimlar, real vaqt rejimida javob beruvchi tizimlar, testlashtiruvchi tizimlar, interfaol aloqa tizimlari, talabalarning muloqot tizimlari va boshqalar. Ta'lim tizimda esa talabalarning interfaol muloqot tizimlari (SRS) yoki auditoriya muloqot tizimlari (ARS) kabi atamalar qabul qilingan. Talabalarning qo'llarida bo'luvchi mahsus distansion pultlarni esa ko'pincha «Clicker – Turtgich» deb ham ataladi. Bozorga keyingi paytlarda kirib kelgan bunday interfaol muloqot tizimlari mahsus dasturiy ta'minotni ham talab qilmaydi, ular ochiq arxitektura tamoyiliga asoslanib ishlaydilar va ma'lumotlarni mobil telefonlardan, smart telequrilmalardan, shaxsiy va planshet kompyuterlardan bemalol qabul qila oladilar. Ushbu risolada aqlli sinf (Smart Class) innovatsion ta'lim texnologiyalari kompleksi (shu jumladan, TMSC-Team Model Smart Classroom, ezStation- Lecture Capture System, HiLearning-Student Tablet Solution, ezVizion-Document Camera, Haboard-Interactive Whiteboard System, HiTech-Interactive Teaching System, WebClick-Web Interactive Response System, ClouDAS-Cloud Computing, Diagnozing and Analysing Service, EEE Learning-Engage, Enrich, Enhance Learning, III Learning-Innovative, Interact, Improve Learning kabi zamonaviy ta'lim texnologiyalari tizimlari) ning tashkil etuvchilari va ularni ta'lim jarayonida qo'llash bo'yicha yetarlicha amaliy va nazariy ma'lumotlar berilgan.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

"Ta'limda aхborot teхnologiyalаri" kursining аsosiy mаqsаdi tаlаbаning kаsbiy fаoliyati bo'yichа qo'yilgаn mаsаlаlаrni echishdа zаrur dаsturiy vositаlаrni to'g'ri tаnlаsh, olingаn bilimlаri аsosidа qo'yilgаn mаsаlаlаrni echа olish, zаmonаviy ахborot teхnologiyalаri vositаlаridаn mustаqil foydаlаnа olish ko'nikmаlаrigа egа bo'lishgа qаrаtilgаn. Tаlаbаlаrni zаmonаviy teхnikа vositаlаri vа ахborot teхnologiyalаri аsoslаri bilаn tаnishtirish, erishilgаn yutuqlаr vа ахborot teхnologiyalаrining imkoniyatlаri mohiyatini tushuntirish vа ulаrni tа'lim olish jаrаyonidа аmаliy qo'llаy olish fаnning аsosiy vаzifаsi deb hisoblаnаdi. Bu vazifalar bilan bog'liq bo'lgan ma'ruza matnlari va amaliy mashgúlotlar to'plami ushbu kitobda diqqatingizga havola etilgan.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

E'tiboringizga havola etilayotga ushbu monografiya hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli texnologiyalar sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda raqamli texnologiyalarning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o'tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyatlari ko'rsatilgan. Monografiyada raqamli texnologiyalar bo'yicha bir qancha muhim ma'lumotlar, shu jumladan, bulutli texnologiylar, buyumlar interneti, sun'iy intellekt, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar kabilar ham bu soha bo'yicha glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o'rganish mumkin bo'ladi. Ushbu monografiya oliy ta'limning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlar va professor-o'qituvchilarga hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'yektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot atamalarining ushbu izohli lug'ati bu sohami o'rganayotganlar, bu sohada ishlayotganlar, bu sohaga qiziqqanlar hamda bu sohada ta'lim olayotgan o'quvchi-talabalar uchun juda ko'pchilik tushunarsiz yoki noaniqlikka ega bo'lgan atamalarni imkon darajasida aniqlashtirish va tushuntirish uchun hizmat qiladi. Albatta biz bu miqyosi juda ham keng bo'lgan axborot-konnunikatsiyon texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, komp'yuter texnologiyalari va dasturlash sohasidagi barcha atamalarni ham qamrab ololmadik, shuning uchun, agar bu soha atamalaridan ushbu kitobga kirmaganlarini bilsangiz, bizga jo'nating va biz ularni minnatdorchilik bilan bu kitobning keyingi tahrirlarida uni yanada yaxshilash maqsadida kerakli bo'limlarga qo'shib qo'yamiz.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ушбу ўқув қўлланма информацион технологиялар соҳасига бағишланган бўлиб, унда Информатика фанидан муаммоли маъруза матнлари тўплами келтирилган ва у бу соҳада таълим олаётган ўқувчи-талабалар учун мўлжалланган.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ushbu risolada turli xildagi bulutli platformalar haqidagi zamonaviy ma'lumotlar va ular bilan ishlash bo'yicha bir qancha masala va muammolar ko'rib chiqilgan, ularning asosiy turlari, shu jumladan, bir konkret misol sifatida hozirgi paytda keng miqyosda qo'llanilayotgan Microsoft Cloud bulutli platformasi optsiyalari imkoniyat doirasida yoritilib berilgan. Bundan tashqari, risolada hozirgi paytda ko'pchilik tomonidan keng miqyosda foydalanilayotgan telegram messengerida ishlash usullari ham atroflicha, bir qancha aniq misollar vositasida yoritilgan holda keltirilgan.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Zamonaviy matematika fanida bu fanga mutaxassislashgan amaliy dasturiy vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega, chunki bunday dasturiy vositalar matematika faniga oid masalalarni tezkorlik bilan va aniq yechishga hamda ularning ma'no-mohiyatini to'liq tushunishga imkon beradi. Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarning magistratura mutaxassisligining 5A110701 – «Taʼlimda axbort texnologiyalari» taʼlim yo'nalishida o'qitiladigan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» o'quv faniga mansub bo'lib, Nizomiy nomidagi TDPU da tasdiqlangan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» o'quv fan dasturi asosida yaratildi. Ushbu o'quv fanini o'qitishdan maqsad – har bir bo'lajak mutaxassislarning o'z kasbiy sohalariida qo'llashi zarur bo'lgan amaliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi zamonaviy bilimlarga ega bo'lishlari va ulardan samarali foydalanishlari uchun mos bo'lgan ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Shunday maqsadlarni amalga oshirish uchun o'quv qo'llanmada bir qancha amaliy dasturiy vositalar, ularning turlari va tasniflari, foydalanuvchining amaliy dasturiy taʼminoti, avtomatlashtirilgan ish joylari, ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalarning ishlash tamoillari, ularning asosiy turlari hamda matematik masalalarni yechishda foydalaniladigan amaliy dasturiy vositalar, belgili hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan dasturlar, shu jumladan, Microsoft Math, Google Math, Mathematica, Maple, MathCad, MatLab, Tex(LaTex), Statistika, Auto CAD kabi amaliy dasturlar, ularning umumiy ko'rinishi va imkoniyatlari, shuningdek, ushbu dasturlarda turli hil masalalarni yechish usullari bilan tanishish masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanmaning oxirgi VIII-bobida zamonaviy Python dasturlash tili bo'yicha bir qancha ma'lumotlar berilgan, shu jumladan, amaliy darslarlar, video manba'lar va mustaqlil ishlash uchun masalalar berilganki, bu ma'lumotlar Python dasturlash tili imkoniyatlari bilan tanishib olishga yordam beradi. O'quvchi-talabalar va magistrantlarga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanmadan yuqorida sanalgan amaliy dasturiy tizimlarni o'rganish va pedagogik jarayonlarda qo'llashni tushuntirishni o'z tarkibiga olgan boshqa fanlarda ham qo'shimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ushbu kitobcha Web-sahifalar yaratish va ularni boshqarish mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, bu jarayon bir qancha real va hayotiy misol hamda masalalarni yechish jarayonida amalga oshriladi. Kitobcha bu sohani va usullarni o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchi va talabalar uchun mo'ljallangan.

Добавлено: 05.11.2023 04:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Представленный вашему вниманию учебник посвящено курсу Информационные технологии в образовании, читаемом в Узбекском государственном университете мировых языков для студентов-языковедов. В нем приведены все основные сведения о современных педагогических программно-технических средствах, которому обучаются студенты по всем специальностям, касающимся изучения различных языков и методика преподавания языка с использованием современных средств информационных технологий. В учебнике приведены все виды информации, касающееся использования средств информационных технологий, начиная от классификации используемых программных средств, методологических основ разработки педагогических программных средств и кончая созданием графиков, анимаций, аудио и видео материалов, электронных учебников и интерактивных средств, а также SMART-методов обучения – все материалы приведены в полной последовательности с учебной программой данного курса. Материалы учебника полезны всем студентам, обучающимся по данной специальности, а также для преподавателей и научных сотрудников, интересующихся данным направлением.

Добавлено: 05.11.2023 03:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.