banner banner banner
Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma
Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma
Оценить:
 Рейтинг: 0

Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma


int aylanish, yorqinlik;

//aylanish 0 dan 1023 gacha bo`lgan potentsiometr qiymatlariga teng

aylanish = analogRead (POT_PIN);

// o`zgaruvchan brightness 4 ga bo`lingan aylanishga teng bo`ladi

//yorqinlik faqat butun son bo`lishi mumkin, kasr qismi o`chiriladi

//natijada yorqinlik o`zgaruvchisi 0 dan 255 gacha bo`lgan oraliqda bo`ladi

yorqinlik = aylanish / 4;

//yorqinlik=aylanish/4 formulasi bo`yicha hisoblangan kuchlanish

analogWrite (LED_PIN, yorqinlik);

//aylanish qiymatini ketma-ket monitor portga yuboring

Serial.println (yorqinlik);

delay (500);

}

Tushuntirish: #define direktivasidan foydalanib, 9-pin raqamini LED_PIN nomi bilan almashtirdik, A0 analog kirishiga POT_PIN nomini berdik. Mahalliy o`zgaruvchi“aylanish“ kuchlanishga mutanosib va 0 dan 1023 gacha (ADC ning minimal va maksimal qiymatlari) oralig`ida bo`ladi. „yorqinlik“ o`zgaruvchisi esa 4 ga bo`lingan „aylanish”ga teng ya`ni 0 dan 255 gacha (analog kirishning minimal va maksimal qiymati).

4-bob. DASTURLASHNING TARKIBI

Arduinoda AVR mikrokontrollerlar uchun maxsus C/C++ dasturidan foydalaniladi.

4.1. setup () va loop () funksiyasi

Arduino dasturining bazaviy tarkibi ikkita majburiy qism setup () va loop () funksiyasidan iborat. setup () funksiyasidan o’zgaruvchi va kutubhonani ulash e`lon qilinadi. setup () funksiyasi bir marta ishga tushiriladi. U o’zgaruvchilarni inisializasiya qilishda, portlarni ishlash rejimini o`rnatishda va dasturning asosiy siklini tayyorlashda qo’llaniladi. U biror amalni bajarmasa ham dasturga bo`lishi kerak. loop () funksiyasi Arduinoda yozilgan buyruqni cheksiz ketma ketlikda bajaradi. Bu funksiya asosiy ishni siklik ravishda bajaradi.

Quyida sodda yozilgan dastur keltirilgan.

void setup ()

{

Serial.begin (9600);

}

void loop ()

{

Serial.println (millis ());

delay (1000);

}

4.2. Boshqaruvchi operatorlar

4.2.1. If shart operatori

Bugungi darsda If shart operatori bilan tanishamiz. Arduinoda har bir dasturlash tilida muntazam ishlatiladigan operatorlardan biri – if hisoblanadi. Aynan bu operatorsiz, biror bir mukammal dastur tuzishning umuman iloji yo`q. Shart operatori biror bir qo`yilgan shartni tekshirib, uning rost yoki yolg`onligidan kelib chiqqan holda biror bir amal yoki funksiyani bajarishiga yordam beruvchi vosita hisoblanadi.

Shart operatorining ikki xil ko`rinishi ya`ni, umumiy ko`rinishi va qisqa ko`rinishi mavjud.

Shart operatorining qisqa ko`rinishi:

if (shart) {bajariladigan operatsiya;}

Bu yerda if – agar, (shart) – tekshirilishi kerak bo`lgan yoki jarayon ishga tushishi uchun bajarilishi shart bo`lgan jarayon, {bajariladigan operatsiya;} – (shart) bajarilganda ishlashi kerak bo`lgan operatsiya.

Dastur yozayotganda shartdan so`ng; qo`yish mumkin emas. Agar shartdan so`ng qo`ysak jarayon shu yerning o`zida to`xtaydi va shartdan keyingi operatorga murojaat qilmaydi.

Operator-o`ziga yuklangan ma`lum bir shart asosida vazifani bajaruvchi vosita hisoblanadi va u dastur tuzishimizda bir qator qulayliklarga ega hisoblanadi.

Misol uchun jamiyatimizdagi insonlarni olsak, har bir insonni o`zi bajaradigan vazifasi bo`ladi. O`quvchining vazifasi o`qish bo`lsa, o`qituvchining vazifasi anashu o`quvchilarga bilim berishdan iborat.

Elektronika sohasida lampochka yoritish vazifasini bajarsa, sim ana shu lampochkani elektr ta`minotiga ulash vazifasini bajaradi.

4.2.2.O‘zlashtirish operatori – =.

O«zlashtirish operatori: = belgisidan chap tomonda turgan qiymatni = belgisidan o‘ng tomondagilarni hisoblangan qiymatiga almashtiradi. Masalan, x = a+b; ifodasi. Bu yerda“x»: a va b o‘zgaruvchining qiymatlarini qo‘shishdan hosil bo‘lgan natijani o‘zlashtiradi.

4.2.3.Tenglashtirish operatori. = =.

Tenglashtirish operatori== belgisidan o`ng tomonda turgan qiymat bilan chap tomonda turgan son qiymatini solishtirib, tenglashtirib ko`radi. Masalan, y==a+b; ifoda. Bu yerda «y»: a va b o‘zgaruvchilarnngi qiymatlarini qo‘shishdan hosil bo‘lgan natija bilan o`zining qiymatini tekshiradi. Agar tenglashtirilgan qiymat shartni qanoatlantirsa u holda operatsiyani bajaradi, agar tenglashtirilgan qiymat shartni qanoatlantirmasa shartning ichidan chiqib ketadi.

Bularga qo`shimcha tarzda <,> katta va kichik belgilaridan foydalanamiz.

Shart operatorining umumiy ko`rinishi:

if (shart) {bajariladigan operatsiya 1;}

else {bajariladigan operatsiya 2;}

bu yerda else-aks holda.

Shart 2 hil ko`rinishda boladi: rost (1) va yolg`on (0)

{bajariladigan operatsiya 1;} – Agar (shart) bajarilsa ya`ni rost (1) qiymatga ega bo`lsa bajarilishi kerak bo`lgan jarayon.