banner banner banner

Высокие технологии

0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

Ушбу китобча MS WORD матн муҳарририни ўрганмоқчи бўлган ўқувчи ва талабалар учун мўлжалланган. Таҳрирлагичда ишлаш бир қанча ҳаётий мисол ва масалалар ёрдамида амалга оширилади.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada zamonaviy SCRATCH grafik dasturlash tili imkoniyatlari boshlang'ich o'rganuvchilar, ya'ni, maktab o'quvchilari, talabalar va mustaqil o'rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda halq tilda izhor qilingan hamda uni o'rganish boýicha bir qancha video darslar bilan ta'minlangan. SCRATCH dasturlash tili o'zining bolalar uchun mo'ljallangan samarador tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo'lgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o'rganish uchun oson va shu bilan birga, imkoniyatlari ancha yuqori bo'lgan oz sonli grafik dasturlash tillari jumlasiga kiradi. Shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy ravishda, xuddi lego konstruktoriga o'xshash xolda amalga oshiriladi. Hozirgi davrda ko'pchilik ota-onalar o'z farzandlarini yoshligidan boshlab dasturlashga o'rgatishni istaydilar va xuddi shuning uchun ham SCRATCH grafik dasturlash tili halq orasida ancha ommabop bo'lib qolgan. Ushbu grafik dasturlash tilining ilk nushasi 2003 yilda AQSh ning Massachusets texnologiya institutida yaratilgan va u kichik hamda o'rta sinflarda o'qiydigan o'quvchilarni o'yinlar, animatsiyalar va birgalkidagi qiziqarli loyihalar tizishga o'rgatishga mo'ljallangan.Agar Siz zamonaviy fan va texnikaning asosi bo'lgan ushbu dasturlash tilini pishiq-puxta egallamoqchi hamda uning mohiyatini anglab, millionlab muvaffaqiyatli va to'kis hayot kechiradigan insonlar safiga qo'shilishni istasangiz – bu kitob huddi siz uchundir!

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

Ushbu kitobchada Microsoft Office ning Front Page amaliy dasturida ishlash yo'l-yo'riqlari keltirigan va ushbu qo'llanma informatika sohasida tahsil olayotgan o'quvchi-talabalar uchun foydali bo'lishi mumkin.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

"Axborot tizimlari" faniga bag'ishlangan ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada turli xildagi va ko'rinishdagi axborot tizimlari loyihalarni tuzish, boshqarish va ularni moliyalashtirish haqida so'z yuritiladi. Unda hozirgi paytda qo'llanilish sohasi tobora kengayib borayotgan loyihalar turlari to'g'risida, ularda ishlatiladigan turli modellar va algoritmlar, loyihalarni moliyaviy jihatdan ta'minlash va ularni boshqarish masalalari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi. Undan tashqari, turli xildagi iqtisodiy yondoshuvlarga asoslangan loyihaviy modellarining qo'llanilish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma moliya va bank ishi yo'nalishida axborot tizim yaratish asoslari bo'yicha ta'lim olayotgan talaba, magistrant va ilmiy tadqiqotchilar hamda axborot tizimni loyihalashtirish jarayonlarini yaqindan o'rganmoqchi bo'lgan doktorantlarga mo'ljallangan.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Raqamli valyutalar va ularning rivojlanish istiqbollari deb nomlangan ushbu o'quv-metodik qo'llanma bu sohaga qiziqqan o'quvchi-talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning raqamli valyutalar bilan ishlash va ularning mohiyati tushinish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun hizmat qilishi mumkin.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Француз олими Блез Паскаль шарафига шундай деб номланган ПАСКАЛЬ тили Швецариянинг Цюрих шахридаги Олий техника мактабининг профессори Никлаус Вирт томонидан 70-йилларда яратилган бўлиб, хозирги пайтда жуда кўп ўқув юртларида содда ва қулай алгоритмик программалаштириш тили сифатида ишлатилади. У ўзининг оддийлиги, мантиқийлиги ва етарли даражада самаралилиги туфайли бутун дунё буйлаб кенг тарқалди. Хозирги пайтда барча хисоблаш машиналари, хусусан, шахсий, мини, универсал ва микро-ЭХМлар ҳам ушбу тилда ишлаш имкониятига эгалар. Бу алгоритмик тилда тузилган дастурлар матнининг тўғрилигини осонлик билан текшириш мумкинлиги, уларнинг маъноси ва моҳияти тушунарлилиги хамда буйруқларининг оддийлиги билан бошка турга мансуб алгоритмик тиллардан кескин ажралиб туради. Паскаль тили анча-мунча мураккаб ва кўп вакт оладиган хилма-хил хисоблаш ишларини бажаришга мулжалланган таркиблаштирилган дастурлар тузишга имкон беради.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

Ushbu risolada bulutli texnologiyalar bilan ishlash bir qancha masala va muammolari, uning asosiy turlari, shu jumladan, bir konkret misol sifatida hozirgi paytda keng miqyosda qo'llanilayotgan Microsoft Cloud bulutli platformasi optsiyalari imkoniyat doirasida yoritilib berilgan. Risolada bir qancha bulutli platformalar tahlil qilinib, bizning nazarimizda ularning ichdan faoliyati va qamrab olinishi bo'yicha eng innovatsion platforma sifatidagi Microsoft Cloudning tarkibiy qismlari va ulardan foydalanish tavsif etilib berilgan

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ushbu kitobcha MS Word matn muharririni o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma bo'lib, unda bir qancha misol va masalalar berilganki, ularni yechgan holda matn muharirini o'rganib olish mumkin. Qo'llanma Word ni mustaqil ravishda o'rganmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

В монографии обобщаются результаты исследований, проводившихся автором и многими другими отечественными и зарубежными учеными в области разработки методов, алгоритмов и программных средств для цифровой обработки и восстановления сигналов. Излагается новый подход к проблеме моделирования одномерных и многомерных сигналов в виде последовательностей локальных полиномиальных сплайнов и их спектральных характеристик. Показаны примеры эффективного использования предлагаемых методов и средств обработки сигналов в конкретных областях. Приведены примеры создания программ обработки сигналов в среде MATLAB и моделей спецпроцессоров в среде simulink. Некоторые разделы книги могут быть использованы магистрантами и студентами ВУЗов соответствующих специальностей для изучения цифровых методов, алгоритмов и аппаратных средств ЦОС. Книга предназначена для студентов, магистрантов, докторантов и соискателей, а также для инженеров, занимающихся исследованием, разработкой и проектированием аппаратных и программных средств цифровой обработки и восстановления сигналов.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ушбу китобча ACCESS маълумотлар базасини бошқариш тизимида ишлашни ўрганиш бўйича бир канча содда лаборатория машғулотларини ўз ичига олади ва у бу тизимни ўрганмокчи бўлганлар учун бошланғич ўқув-услубий кулланма бўлиши мумкин. Китобча ўқувчи-талабалар ва бу тизимда ишлашга қизиққанлар учун мўлжалланган

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.