banner banner banner

Высокие технологии

0
Аннотация на книгу:

""«Кompyuter dasturlari asosida qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash»" fanidan yaratilgan o'quv qo'llanmada qurilish konstruksiyalarini avtomatik ravishda hisoblash va loyihalash masalalarini yechish bo'yicha ilk saboqlar berilgan. Matematik modellashtirish usullari va texnologiyalari har tomonlama ifodalangan. Chekli elementlar modellarini qurish usullari taqdim qilingan. O'quv qo'llanma qurilish yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan oliy o'quv muassasalari talabalari, magistrantlar, o'qituvchi va loyiha lash tashkilotlari qurilish muhandis xodimlari uchun mo'ljallangan."

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

"Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni har tomonlama yetuk shaxs qilib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda yosh avlodning shakllanishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar va multimedia vositalarini joriy etishning ahamiyati kattadir. Mazkur ilmiy qo'llanma kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni tarbiyalashda dars jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish asoslari yoritib berilgan. Ilmiy qo'llanma talabalar, ta'lim muassasalarining boshlang'ich sinf o'qituvchilari va keng jamoatchilikka mo'ljallangan."

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu o'quv qo'llanma raqamli iqtisodiyot sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo'lgan xeshlashtirish funktsiyalari haqida bir qancha ma'lumotlar berilgan. Undan so'ng, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o'tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyati ko'rsatilgan. O'quv qo'llanma oxirida kriptovalyutalar bo'yicha bir qancha savollarga javoblar va glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o'rganish mumkin bo'ladi. Qo'llanma oliy ta'limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan bank-moliya va ilmiy xodimlarga hamda kriptovalyuta sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'ektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Mazkur uslubiy qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlari 5110700–informatika o'qitish metodikasi yo'nalishi I–II kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Ushbu uslubiy qo'llanma «Algoritmlash va dasturlash tillari» fanidan misol va masalalar yechish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalardan iborat.Ushbu uslubiy qo'llanmadan pеdagogika institutlari talabalari, algoritmlash va dasturlash tillariga qiziquvchilar, o'rganuvchilar va dasturlash bilan shug'ullanuvchilar, biror sohada informatikaning algoritmlash va dasturlash bo'limidan imtihon topshiruvchilar o'z bilimlarini mustahkamlashda foydalanishlari, shuningdek, shu fandan dars beruvchi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Аннотация на книгу:

Ушбу амалий йўналишдаги китобда кўпчилик томонидан иш жараёнида ишлатиладиган EXCEL жадвал ҳисоблагичида ишлаш жараёни бир қанча мисол ва масалалар ёрдамида атрофлича тушунтирилади ва у бу оммабоп дастурни яхши ўрганмокчи бўлган талаба ва ўкувчилар ҳамда ҳисобчилар учун мўлжалланган.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

Hozirgi davrda "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish "bo'yicha prezident qarorlarini amalga oshirish bo'yicha ishlar tezkorlik bilan davom etmoqda. Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi ham joriy etildi. Yuqorida aytilganlarning barchasi hozirgi o'tish davrida masovafiy ta'limning ahamiyati luda ham katta ekanini ko'rsatadi. Shuning uchun ham usbhu qo'llanmada masofaviy ta'lim videoplatformalaridan biri ZOOM dan foydalanishga bag'ishlangan ushbu qo'llanmada masofaviy videokonferentsiyalarni qanday qilib va qanday vositalar yordamida tashkil qilish va amalga oshirish mumkinligini masala va muammolarini yaqindan ko'rib chiqamiz.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

"Matn muhariri bo'yicha testlar" deb nomlangan ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada informatika va axborot texnologiyalari faning asoslari va matn muharirida ishlashni yoritishda o'rganiladigan testlar ularning javoblari bilan birgalikda keltirilgan. Bir qancha muhim testlar yordamida mavzular bo'yicha bajarila olinishi mumkin bo'lgan amaliyot uchun kerakli amaliy operatsiyalar ko'rsatilgan. Informatika fani bilan unchalik tanish bo'lmagan yoki unda ishlash tajribasi bor insonlar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning malakasini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. Testlarning ketma-ket hamda bir maromda berilishi va ma'nosi foydalanuvchilarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur hamda atroflicha nazariy hamda amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan. Qo'llanma informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lgan barcha insonlarga, shu jumladan, maktab, litsey va oliy o'quv yurtlarida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan saboq olayotgan o'quvchi va talabalar hamda ish jarayonida komp'yuter texnologiyalarini tadbiq etishni istagan mutaxassislar hamda xisobchilarga mo'ljallangan.

Добавлено: 04.11.2023 21:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

3

Добавлено: 02.11.2023 12:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Автор: Б. Болтаев
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

Metodik qo'llanmada optimallashtirilgan dasturga muvofi q dars o'tishni hisobga olib, informatikani o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar, dars bosqichlari va har bir darsni o'tish texnologik jarayoni keltirilgan. Shuningdek, mashg'ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o'qituvchi o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarni rivojlantirishga imkon beradigan o'qitish metodlari berilgan.

Добавлено: 02.11.2023 02:11 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.
0
Жанр: высокие технологии
Аннотация на книгу:

Китоб компьютер лингвистикасида фойдаланиладиган математика фани қисмларини ҳам ўз ичига олган. У ўн йил давомида ЎзМУнинг ўзбек филология, хорижий филология факультетларида компьютер лингвистикаси дарсини ўқитиш ва механика-математика факультетидаги Компьютер лингвистикаси лабораториясида олиб борилган илмий ва татбиқий фаолият натижасида тўпланган тажрибаларга асосланган.

Добавлено: 28.10.2023 11:10 Рейтинг: Будь первым кто оценит книгу Комментариев 0 шт.